Seminar – trening mashgʻulotlari

Joriy yilning 19-21 – dekabr kunlari Andijon viloyati pedagogldrni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida Andijon viloyatidagi Prezident maktabining xalqaro o‘qituvchilari tajriba sinov jarayonlari olib borilayotgan maktablarning tabiiy fan, biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlari oʻqituchilariga STEAM fanlari doirasida ikki soatlik seminar – trening mashgʻulotlarini o‘tkazdilar. Ishtirokchi oʻqituvchilarga xorijlik mutaxassislar tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematikaga oid integratsiyalashgan bilimlar berishdagi xalqaro tajriba, o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, xalqaro olimpiadalarga tayyorlash kabi mavzularni yoritib berdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Translate »